O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ilmiy-tadqiqot ekspertlik davlat muassasasi hisoblanadi.
Institut O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2-apreldagi PF-3590-sonli Farmoniga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining negizida tashkil etilgan.
Institutning qonun loyihalarini ekspertiza qilish, qonun ijodkorligi faoliyatini, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bo'yicha axborot-tahliliy, tashkiliy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-fevraldagi PF-4952-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq Institut zimmasiga yangi vazifa va funksiyalar yuklatildi.
Asosiy vazifalar
-
mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar ehtiyojlarini, shuningdek ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda milliy qonun hujjatlarini o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
-
zamonaviy nazariy-uslubiy tadqiqotlar asosida qonun loyihalarini har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qonun loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilishning barcha bosqichlarida ular yuzasidan asoslantirilgan ekspertlik baholari va xulosalarini tayyorlash;
-
qonun normalari joylarda amalga oshirilayotganligini monitoring qilish, qabul qilinayotgan qonunlar va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligi masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun ijodkorligi faoliyati hamda qonunchilik tashabbusi sub'ektlarining qonun loyihalarini tayyorlashga doir faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
-
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining umum e'tirof etilgan xalqaro norma va standartlarga muvofiqligini o‘rganish, ularni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
-
huquq sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini milliy qonun hujjatlariga joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Institut tuzilmasi
Tuzilmaviy jihatdan Institut O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan Dirеktor va Dirеktor o'rinbosari tomonidan boshqariladi.
Institut yettita bo'limdan tashkil topgan:
- Monitoringni tashkil etish va ta'minlash bo‘yicha yig‘ma muvofiqlashtirish bo‘limi;
- Monitoring jarayonining ma'lumotlar bazasini tizimlashtirish va shakllantirish bo‘yicha axborot-tahlil guruhi;
- Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi bo‘limi;
- Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi bo‘limi;
- Sud-huquq sohasi va inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi bo‘limi;
- Xavfsizlikni ta'minlash va xalqaro aloqalar sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi bo‘limi;
- Umumiy bo'lim.
Institut jamoasi yuqori malakali va ko'p yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar, ilmiy darajali (fan nomzodlari va doktorlar) hamda yuqori salohiyatga ega yosh mutaxassislardan tashkil topgan.
Institut rahbariyati
Direktor - Muxamedov Farrux Erkliyevich
Direktor o'rinbosari - Rahmonqulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich