Muxamedov Farrux Erkliyevich
Muxamedov Farrux Erkliyevich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori

Ma'lumoti: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Mutaxassisligi: “halqaro huquq”, “jinoyat huquqi, protsessi”, “konstitutsiyaviy huquq”

Yuridik fanlar nomzodi. Toshkent shahridagi Vestminster universitetining faxriy doktori. Professor (halqaro huquq).

MEHNAT FAOLIYATI:

1996-2007 yy. - O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlagan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi Universitetining aspiranti

2007-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq sohasidagi islohotlarni huquqiy ta'minlash bo‘yicha konsultant, yetakchi, bosh konsultant

2011-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari

2013-h.v. - Toshkent shahridagi Vestminster universiteti professori

2011-h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori

O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.