Rahmonqulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori o‘rinbosari
Ma'lumoti: Toshkent Davlat universiteti, Sverdlov yuridik instituti (aspirantura)
Mutaxassisligi: “fuqarolik huquqi”, “konstitutsiyaviy huquq”
yuridik fanlari doktori, professor
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zosi
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a'zosi
MEHNAT FAOLIYATI:
1975-1989 yy. - O‘zSSR Ilmiy-tadqiqot, ilmiy va markaziy tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan
1989-1992 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi boshqarmasi boshlig‘i – Bosh ilmiy kotib o‘rinbosari
1992-1993 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ekspert guruhi mudirining o‘rinbosari
1993-1994 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori
1994-1995 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultanti
1995-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo institutining direktori
1997-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Milliy havfsizlik Kengashi Kotibi, Davlat maslahatchisi
2016 y.-h.v. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professori
2014 y.-h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining o‘rinbosari
O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi